Rasul Karimov

Rasul Karimov

@rasulkarimov24
21 Ko'rinish
231 Ball
5 G'alaba
5 Super o'yin
1 Super g'alaba
69 To'g'ri
158 Kulgili
6 To'g'ri + kulgili
2 Minus
316 000 Pul

Qatnashgan sonlari

Roastlar

Rasul Nargiz degan qizni sevib qolgan lekin ularning munosabatlariga Nargizning oilasi qarshi, ayniqsa, eri.
Rasul24 va O'zbekiston 24, qaysi biri haqiqatga yaqinroq? Haqiqatga yaqinrog'i albatta Rasul 24, chunki Rasul ko'zizga qarab yolg'on gapirmaydi.
Rasul24ni obunachilari soni shunchalik kamki, ularni har birini shaxsan taniydi, va ba'zi birovlarini tog'a va amaki deb ataydi.
Mirshakar yaqinda Tracker oldi, Ozod esa kuni kecha Hyundai Sonata mindi. Rasuldagi yagona o'sish esa, u Yandexda Startdan Comfortga o'tdi.
Bir kilo mol go'shti narxi 85 ming so'm. Shuning uchun ham Rasul, o'zini semiz deb emas, qimmat deb chaqirishlarini so'raydi.
Rasul24 shunchalik soddaki, valyutchiklar unga qarata "Dollar rossiyskiy" desa, "Yo'q, dollar amerikanskiy" deydi.
Rasul24ni yoshligida akalari juda ham ko'p maslahat berishgan - "Rasul, arpa eksang, arpa o'rasan. Bug'doy eksang, bug'doy o'rasan. Lekin, mana bu narsani bekor o'ripsan, qamalib ketasan" deyishgan.
Rasul24 yoshligida poezdga tezak otgan. Taqdir hazilini qarangki, u Temir Yo'llar institutiga kirgan. Keyin, u bitirganda diplom emas, o'sha otgan tezakini qaytarib berishgan.
Rasul24 shu darajada erinchoqki, u 2ta bolali xotinga uylangan.
Rasul o'pishishni pomidorda juda ko'p mashq qilgan, lekin, samarasiz, chunki unda ochlik hissi sevgidan kuchliroq turadi.
Rasul24 o'zbek komediyasi tarixida afsonaviy xumo qushidek qoladi - nomi boru, o'zi yo'q.
Rasul24 "Bir aktyor teatri" bilan tanilgan, va ayrimlarning fikriga ko'ra, uning kech uylanishiga sabab ham shu.
Rasul24 shunchalik semizki, botinkasini ipini taxminan bog'laydi.
Rasul24ning farzandlari 25 yoshga to'lgach, otasini sansiray boshlaydi.
Rasul24 ovqatni shunchalik yaxshi ko'radiki, ovqat yeb bo'lganidan so'ng, ichkariga kekiradi.
Rasul24 Amerikada tug'ilganida Rasul 12pm bo'lardi.
Rasul24ning mashhurligi shu darajadaki, uni doim ishxonada va uyda tanib qolishadi.
Rasul24 uyquni juda yaxshi ko'radi. Uxlaganida tush kor'sa va tushida yonida kravat chiqsa, yana bir marta uxlab oladi.
Rasul24 shunchalik semizki, yengil moshinaga chiqsa, u srazu yuk mashinaga aylanadi.
Rasul24ni mashhurlik darajasi shunaqaki, uni Instagramdan ko'ra Telegramdagi storieslari ko'proq ko'riladi.
Rasul24 hammani uyidagi chayni sodaga o'xshaydi - luboy ishga ishlatsa bo'ladi. Uni ustiga, xuddi chayni sodadek, uning asl vazifasini biz bilmaymiz.
Rasul24 va Ozod Shukrulloyevning reklama narxlari qo'shilsa, 50 million so'm va 1ta xot-dog bo'ladi.