Mirshakar Fayzulloyev

Mirshakar Fayzulloyev

@mirshakarman
26 Ko'rinish
327 Ball
12 G'alaba
7 Super o'yin
2 Super g'alaba
231 To'g'ri
131 Kulgili
6 To'g'ri + kulgili
41 Minus
3 940 000 Pul

Qatnashgan sonlari

Roastlar

Mirshakar TikTokni yomon ko'radi chunki TikTokdagi xohlagan video uning YouTube'dagi konsertidan ko'proq ko'riladi.
Mirshakar yaqinda "Borim shu" degan konsertini ommaga taqdim qildi, lekin ayrimlar tomonidan u yerdagi hazillar yaxshi qabul qilinmadi. Nima ham deyolardik, bori shu.
Mirshakar shunchalik ziqnaki, tug'ilganida roddomdan chiqayotganida kindigini o'zi bilan olib ketgan.
Mirshakar shunchalik ziqnaki, u hatto Telegramdan gudok tashlaydi.
Shakar shunchalik ziqnaki, oshni oxirgi qoshig'ini og'ziga tashlab, yemay shimib ketadi.
Mirshakar Fayzulloyev shunchalik ziqnaki, hammani uyida paketlar solingan paket bo'lsa, bunikida yuvilgan va yuvilmagan paketlar uchun alohida paketlar bor.
Mirshakar Fayzulloyev vafot etsa, qabr toshiga "Xay Mayli Telegram kanaliga a'zo bo'ling" degan yozuv bo'ladi.
Mirshakar shu darajada ziqnaki, konsertida biletlarining hammasi sotilganidan so'ng, eng yaqin insoni bilet so'rasa ham, voyenniy biletlarni sotib yuboradi.
Mirshakarning konsertida onasi hech qachon tushmaganlar, chunki biletlari qimmat.
Mirshakar ko'zoynak bilan ham odamlarni ko'rolmaydigan yagona odam.
Mirshakar Fayzulloyev har safar o'yinchoqlarni o'zi bilan olib ketadigan yagona ishtirokchimiz.
Mirshakar shunchalik ziqnaki, restoranda qolgan-qutgan narsalardan tashqari, ishlatilgan salfetkani ham saboy olib ketadi.
Mirshakar shunchalik ziqnaki, hamma konsertiga taklifnoma bersa, Mirshakar promokod beradi.
Mirshakar to'yga kelib, to'yni yomonlab ketadigan odamga o'xshaydi.
Mirshakar Fayzulloyev shunchalik ziqnaki, katta pul berib 5 yulduzli mehmonxonada tursayam, ketayotgan paytida o'zi bilan sochiqni o'g'irlab ketadi.
Mirshakar Fayzulloyev shunchalik ziqnaki, tanish odamlari bilan gaplashyotgan payt ochkisini yechib qo'yadi - "Barbir ishlatmayapmanku" deb.
Mirshakar Fayzulloyev ayoli bilan konfliktli vaziyatlarga borganida, "Zato san Humoda konsert bermagansan" deydi.
Instagramdagi izohlarda Mirshakar hazil qilmaydi deb ko'p gapirishadi. So'nggi "Chempion" konsertini ko'rgan bo'lsangiz, ha, rostanam Mirshakar hazil qilmas ekan.
Mirshakarning "Chempion" konsertidan so'ng ko'chada tanimagan odamlar tanishmoqda, tanishganlar esa tanimaganga olishmoqda.
Mirshakar Buxoroning Shekspiri - faqat Shekspirda tragediya bor, Mirshakarda esa to'xtovsiz bidir-bidir.
Agar Mirshakarni O'zbekistonni qayeridansan deb so'rashsa, u faxr bilan Buxorodanman deydi. Agar uni chet elda qayerdan deb so'rashsa, u faxr bilan "Taxi dravi from Pakistan" deb javob beradi.
Mirshakar shu darajada ziqnaki, Ramazon aytib kelgan bolalarga hazil aytadi.
Mirshakar o'zining hazillari kulgili tuyulishi uchun atrofida 10ta yosh va yemagan stand-up komiklarni yig'ib olgan.
Mirshakar shu darajada ziqnaki, "Nega ofitsiantga choychaqa bermading?" desam, "Man choy ichmadimku" deydi.
Mirshakar shu darajada ziqnaki, unga nimadirni tekinga bersangiz, "Yanada arzonroq qilishni" iloji yo'qmi deydi.
Mirshakar shu darajada ziqnaki, 3ta nuqta qo'yadigan joyda, o'rniga 2ta nuqta qo'yadi.
Buxodordan chiqqan top 10 mashhurlar sanalyotganida, Mirshakar maksimum sanayotgan odam bo'lishi mumkin.
Mirshakar Fayzulloyev shu darajada ziqnaki, hatto vasiyatnomasiga ham, "Tegmanglar" deb yozib qo'yadi.
Mirshakar Fayzulloyev "Shuhrat" medalini olganiga yagona sabab - raqobatlarini orasida Elmurod Haqnazarov yo'qligi.
Mirshakar shu darajada ziqnaki, restoranda ofitsiantga cashback'ni o'ziz olarsiz deb chekni choychaqaga berib ketadi.
Mirshakar Fayzulloyev akasidan qolgan kiyimlarni ukasiga sotgan yagona odam.