Kulgilektual Shou

Shou haqida

O'zbekistondagi ilk intellektual, improvizatsion va yumoristik shou.

Shou nima?

Kulgilektual Shou — nomi «kulgi» va «intellektual» so'zlaridan tug'ilgan IQ shou. Boshlovchi Nozim Safari har sonda 4 nafar mehmonga — O'zbekistonning taniqli bloggerlari, komiklari va ijodkorlariga — mantiqiy va qiziqarli savollar beradi.

Boshqa intellektual shoulardan asosiy farqi: bu yerda faqat to'g'ri javob emas, kulgili javob ham ball keltiradi. Ya'ni bilim ham, hazil ham bir xilda qadrlanadi.

Javob bermoqchi bo'lgan mehmon boshlovchi bergan tovush chiqarish uskunalari bilan signal beradi — har sonda bu agregatlar almashib turadi.

Ballar qanday hisoblanadi

+2
To'g'ri javob

Savolga to'g'ri javob bersangiz.

+1
Kulgili javob

Javob noto'g'ri, lekin kulgili bo'lsa.

−1
Minus ball

Noto'g'ri, bo'lmag'ur, na kulgili, na qiziq javobga boshlovchi minus ball berishi mumkin.

Sovrin va super o'yin

Sovrin jamg'armasi

Har sonda pul sovrini bor, lekin u boshqa shoulardagidek katta emas — ataylab kichik. Aynan shu shou'ning o'ziga xosligiga aylangan.

Super o'yin

Shou g'olibi ixtiyoriy «super o'yin»da qatnashishi mumkin. Yana bitta savolga to'g'ri javob bersa, sovrin jamg'armasi 2 barobar ko'payadi — bunda boshqa mehmonlar ham yordam berishi mumkin. Agar super o'yindan bosh tortsa, asosiy sovrin bilan qaytadi.

Yozilmagan qoidalar

Bu qoidalar hech qayerda yozilmagan — ular shou davomida o'z-o'zidan shakllangan kulgili haqiqatlar, xolos.

  1. Boshlovchining kayfiyati — hammasidan ustun. Nozim'ning o'sha kungi kayfiyati va istagi har qanday qoidadan balandroq turadi.
  2. Sovrin kichik, lekin «bori shu». Boshqa shoular milliardidan sizga millionni beradi — bu yerda esa boshlovchi bor pulini beradi.
  3. Ba'zi mehmonlar deyarli «doimiy». Ozod Shukrulloyev, Mirshakar Fayzulloyev, Rasul Karimov va Islom Karimov'ni shunchalik ko'p sonda uchratasizki, ular deyarli uy egasiday.