Ozod Shukrulloyev

Ozod Shukrulloyev

@ozod.sh_official
27 Ko'rinish
311 Ball
8 G'alaba
6 Super o'yin
3 Super g'alaba
198 To'g'ri
125 Kulgili
0 To'g'ri + kulgili
12 Minus
2 286 000 Pul

Qatnashgan sonlari

Roastlar

Ozodning ota-onasi bolaligida odam bo'lsin deb ko'p kaltaklashgan, lekin bu ishni nega to'xtatishgan tushunarsiz.
Ozod Shukrulloyev hech qachon o'zini ayolini tug'ilgan kunida Instagramda tabriklamaydi, chunki uni xotinini $2000 puli yo'q.
Ozod Shukrulloyev Cobaltda yuradi, lekin bu gapni aytishim shart emas edi, chunki xohlagan odam Ozodning yuziga qaragan paytda hayoliga keladigan yagona fikr bu "Cobaltda yursa kerak".
O'tgan safargi hazilimiz Ozodning ko'ngliga tegib, Cobaltini Hyundai Sonataga almashtirdi, lekin barbir yuziga qarasangiz, Cobalti bor odamga o'xshaydi.
Maftuna turmush qursa, Ozod albatta unga yordam beradi, to'yida xizmat qiladi, va bu orqali, u o'zining xotinining to'yida xizmat qilgan yagona er bo'ladi.
Ozod tug'ilganida uydagilari uni unchalik ham yoqtirishmagan. Shuning uchun, men qayerdan paydo bo'lganman degan savolga uydagilari haqiqatni aytishgan.
Ozod plastik jarroh bo'lib ishlagan, shuning uchun, televizorda chiqqan payti, ekran ortidagi ayrim ayollar ozgina hijolat bo'lib qo'yadi.
Ozodning 2ta xotini bor - bittasi uy uchun, ikkinchisi Instagram uchun. Shunday qilib u, ikkinchi xotin orqali pul topib, birinchisini boqadigan yagona er.
Ozod bilan Liil Khuramovning o'xshash jihati bor - ikkovini ham pulini bersangiz, bir oyga arendaga olishingiz mumkin. Xonsaroy qilganidek.
Ozod Maftuna bilan ajrashganidan keyin, Maftuna Instagramdagi yarim obunachilarni olib ketmoqchi bo'ldi, lekin yaxshiyamki, Ozodning Instagrami onasining nomida ekan.
Ozod farzandlaridan "Otang yaxshimi yoki onang yaxshimi?" deb so'rasa, "Maftuna yaxshiroq edi" deb javob beradi.
Ozod Shukrulloyevning vaynlarini ko'rgan odam "Manimcha standupi yaxshiroq bo'lsa kerak" deydi. Standupini eshitgan odam "Manimcha qo'shiq yaxshiroq aytsa kerak" deydi. Qo'shig'ini tinglagan odam esa, "Manimcha Ozod yaxshi duxtur bo'lsa kerak" deb o'ylaydi.
Ozod Shukrulloyev konsertida pul tejash uchun o'zi qo'shiq aytgan. o'zi svet qo'ygan, o'zi dekoratsiya yasagan. Hammasi yaxshi, faqat, shu stand-up komikniyam almashtirish kerak edi.
Ozod Shukrulloyevga "Hazillaring kulgili emas" desangiz, "Zato hayotiy" deb qo'yadi.
Ozod Shukrulloyevning hozirgi partnyori Madina, Ozodning tug'ilgan kuniga "Maftuningman" filmini diskini berib tabriklagan.
Ozod rafiqasi bilan vaynlar ola boshladi. Qaysidir ma'noda Ozod, dunyodagi yagona inson, uyg'onganidayoq ishda bo'ladi.
Ozod Shukrulloyevni bugun hazilsiz qoldiramiz, xuddi u bizni konsertida qoldirganidek.
Ozod Shukrulloyev oilaviy vaynlarda g'oyasi tugab qolsa, yana bitta farzandli bo'ladi.
Ozod Shukrulloyevning farzandlaridan "Dadangiz nima ish qiladi?" deb so'rashsa, Ozod "Bollarimni chalg'itma, hozir vayn olyapmiz" deydi.
Ozod Shukrulloyev O'zbekistonda emas, Yevropada vayn olganda, u allaqachon bolalar mehnatidan foydalangani uchun qamalib ketgan bo'lar edi.
Odatiy stand-up komiklar hazil yozgach do'stlariga aytib sinab ko'rsa, Ozod 4000 kishilik odamni yig'ib Drujbada aytib beradi.
Ozod Shukrulloyev karantin vaqtida mashhurlikka erishdi, chunki aynan o'sha paytda odamlarda hid, ta'm, va did bilish qobiliyati yo'qolib ketgan.
Ozod oddiy vayner emas, u oilaviy prodyuser - xotini aktrisa, bolalari masovka, opasi kostyumer, ukalari chiroqchi, onalari kartina direktor, otasi esa "Sizlar vayn olaveringlar, men topib kelay" deb ertalab ishga chiqib ketadi.
Ozodni qo'shiq kuylash uchun chaqirgan tadbir tashkilotchilari minus aytasizmi yoki plyusmi desa, "Aka, baqirib aytaman" deydi.
Ozod 1992-yil tug'ilgan, agar 1 yil oldin tug'ilganida, ismsiz qolardi bola.
Ozod shifokorlik davrida bir bemorning hayotini saqlab qolgan - unga boshqa vrachni tavsiya qilib.
Ozod Drujbada bergan konsertidan so'ng tushungan yagona narsasi - zal qanchalik katta bo'lmasin, barbir hazillaram kerak ekan.
Ozod vaynlari uchun kasting uyushturganida, barcha nomzodlarga "Dadasi" deb ayttirib ko'radi.
Qiziqarli fakt, Ozod Shukrulloyevning shifokorlikni tashlashi, O'zbekistonda o'lim ko'rsatkichini pasayishiga sabab bo'lgan.
Ozodning oilasining eng katta qo'rqadigan narsasi - u o'ziga aktyorlik mahorati yaxshiroq boshqa oila topishi.
Ozodning yangi kiyim olganidan keyingi 4 yil qaysi kiyimda vaynlar olishini bilsa bo'ladi.
Ozod har konsertida onasi urganini aytadi. Yaxshiyam dadasi urmagan, bo'lmasa yozivorardi.
Hammaning bolasini tili dada deb chiqsa, Ozodning bolasini tili dadasi deb chiqqan.
Ozod Shukrulloyevning bolalari katta bo'lib ishga kirishsa xursand bo'lishadi, chunki u yerda xo'jayinni dada deyish shart emas.
Odamlar Ozod Shukrulloyev qo'shiq aytishni boshlaganidan keyingina, uning vaynlarini qadrini tushunishdi.