Islom Karimov

Islom Karimov

@islomkarimov_official_
20 Ko'rinish
223.22 Ball
7 G'alaba
2 Super o'yin
1 Super g'alaba
168 To'g'ri
69.22 Kulgili
0 To'g'ri + kulgili
14 Minus
2 633 000 Pul

Qatnashgan sonlari

Roastlar

Latofat so'zidan maksimal uzoq bo'lgan shaxs Islom Karimov.
Ajoyib vayner, qiziqchi, boshlovchi, hamda yaqinda sochini ektirgan.
Islom ruchkaga o'xshaydi - ingichka, va kallasi chaynalgan.
Hammadan bolaligida katta bo'lsang kim bo'lasan deb so'rashgan bo'lsa, Islomdan, katta bo'lsang, bu yuz bilan qanday yashaysan deb so'rashgan.
Islom bolalikdan o'zini aktyorlikka tayyorlab keladi, biroq afsuski, o'zbek kinosida ujas janri rivojlanmagan. Lekin harakat qilyapti. Kimdir agar ujas syomka qilmoqchi bo'lsa, mana tayyor Freddy Krueger.
Islom Karimov shu paytgacha uylanmagan, chunki farzandlari o'ziga o'xshashidan qo'rqadi.
Qiziqarli fakt, ko'p kishi bilmasa kerak, lekin kosmonavt Neil Armstrong, oyga chiqishidan oldin, Islomni yuzida trenirovka qilgan.
Ko'pchilikni otasi yo akasi suzishni o'rgansin deb suvga otsa, Islom Karimovni shunchaki otishgan. Ular shunchaki bilishmagan, uning hayotga kurashuvchanligi juda ham mustahkamligini.
Islom tug'ilganida raddomdagi hamshira bir Islomga, bir onasiga qarab - "Yana bir qayta urinib ko'rarsiz" - degan.
Qiziqarli fakt, ko'pchilik bilmasa kerak, lekin Islom ich-ichidan aslida shahzoda. Lekin, sezib turgandirsizki, uni haliyam birorta qiz o'pib, sehr-jodudan qutqarmadi.
Islom Karimovning yuzi O'zbekistondagi o'tgan yilgi qishga o'xshaydi - vrode norm, lekin juda sovuq.
Islom Karimovning yuzi so'nggi yillarda olib borilayotgan islohotlarga o'xshaydi - vrode o'zgarishlar bor, lekin umumiy kartina o'sha-o'sha.
Islom Karimov yaqinda uylangan. Ishonamanki, kelin bola uni sevib turmushga chiqqan, chunki sevgining ko'zi ko'r bo'ladi deyishadi.
Islom Karimov yuzi turganda, soch ektirishga pul sarflagan. Bu xuddi yo'li asfalt qilinmagan mahallaga yangi maktab qurgandek gap.
Islom Karimovni bosh rolga chaqirish mumkin bo'lgan yagona film bu "Boshsiz chavandoz" filmi.
Qiziqarli fakt, Navoiy viloyati qazilma boyliklarining 30 foizi Islom Karimovning yuzidan qazib olinadi.
Ko'zi ojiz odam Islom Karimov bilan uchrashib qolsa, uning yuzini o'qishga harakat qilib ko'radi.
Televideniyada 3ta narsa ta'qiqlangan - soqol, 18+ sahnalar, va Islom Karimovning yuzi.
Vodiy perevalida qurt sotadigan opalar ham Islomni ko'rganida, "Ey o'rtacha yigit" deb murojaat qiladi.
Islom Karimovni yonida o'zimni Shrekdek his qilaman.
Islom Karimovning yuzini chivin chaqmaydi, chunki uni oldin chaqqanman deb o'ylaydi.
Islom Karimovning yuzi internet yomon ishlayotgan paytda zagruska bo'layotgan rasmga o'xshaydi, aniqrog'i, oxirigacha zagruska bo'lmagan rasmga o'xshaydi.
Jackie Chan va Islom Karimovni yonma-yon qo'ysangiz, Jackie Chan emas Islom ko'prq jarohat olganga o'xshaydi.
Islomni yuzi haqidagi hazillar Islomni yuzidagi ugrilarga o'xshaydi - tugadi deysa, yana 2ta bor.
Islom yerga yuzi bilan yiqilib tushsa, yer o'zini qoqadi.
Agar telefon kamerasini Islom Karimov yuziga to'g'irlasangiz, sizga 1 foiz cashback qaytib kelishi mumkin.
Islom Karimov telefoniga FaceID qo'yyotgan vaqti telefoni "Aka undan ko'ra barmog'izni ishlatavering" deydi.
Islom Karimov so'zsiz o'ynay oladigan yagona film bu "Boshsiz chavandoz" filmi.
Kechasi o'rtoqlari bilan qaytyotgan vaqtida, Islom "Xavotirlanmanglar, man orqadan kelyapman" deb gapiradi, chunki kutilmaganda qaraganda qo'rqib ketishi mumkin.
Islomning yuzini sigaret qutisiga qo'ysangiz, sigaret oluvchi odam buning o'rniga "Oka, saratonni berivoring" deydi.
Islom shu ko'rinish bilan yosh aktrisa bo'lganida, aniq dublyajga o'tib ketgan bo'lar ed.
Islom Karimovning yuziga uzoq tikilgan fermerlar unda nimadir ekkisi kelib qoladi.
Agarda siz mashhurlik yo'lida Islom Karimovdan o'tib ketayotgan bo'lsangiz, demak ozgina joyingizdan qo'zg'aldingiz.
Islom Karimovning o'g'lidan maktabda "Kimning o'g'lisan?" deb so'rashsa, "Anavu, Ozod Shukrulloyev borku, o'shani yonida yuradigan bolani" deydi.
Islomni bolaligida o'g'irlagani kelgan bola o'g'rilari, "Ey, bu otasi ekan" deb qaytib ketishgan.
Ozod hazillarida doimo onasi urgani haqida gapiradi, lekin bunday qarasangiz, Ozodning onasi ko'proq Islomni urganga o'xshaydi.
Islom yig'lasa ko'z yoshlari labirint bo'ylab suzadi.
Odatda odamlarning yuziga husnbuzar chiqsa, husnbuzarning yuziga Islom chiqadi.
Islom Karimov maktab qizlariga yaxshi namuna bo'la oladi, 4tagina sochi bo'lsa ham, rezinkaga yig'ib yuradi.
O'zbek stand-upida Islom o'rtancha farzandga o'xshaydi - borligi ham yo'qligi ham bilinmaydi.